
Saudiya Arabistoni "Real" a’zosini chorlamoqda
Saudiya Arabistoni klublari Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrichni sotib olishni orzu qilmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Saudiya klublarining qiziqishiga qaramay, 37 yoshli xorvatning o‘zi "qaymoqranglilar" jamoasida o‘ynashni davom ettirishga qaror qilgan. Modrichning "Real"dagi sobiq sherigi, "An-Nasr" sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonida to‘p surmoqda.
Modrich 2012 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda tajribali futbolchi "qirollik klubi" safida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar