
Saudiya chempionati. Masharipov jamoasini bugun qiyin o‘yin kutmoqda
Bugun Saudiya Arabistoni chempionatida 5-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi o‘z maydonida "Al-Ittihad" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:20da boshlanadi.
4-turdan so‘ng bitta o‘yin kam o‘tkazgan "Al-Nassr" 6 ochko bilan 8- o‘rinda bormoqda, 2-o‘rindagi "Al-Ittihad" hisobida esa 9 ochko mavjud. Riyodliklar OChLdagi ishtirok sababli 4-turni o‘tkazib yuborgan edi.
Fikrlar