
Saudiya Arabistoni chempionati. Masharipov jamoasi musobaqa peshqadami mehmoni bo‘ladi
Bugun Saudiya Arabistoni chempionatida 20-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi safarda musobaqa peshqadami "Al-Ittihod" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:20da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, ayni damda "Al-Nassr" 38 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda, "Al-Ittihod" esa 44 ochko bilan birinchi o‘rinda joylashgan.
Masharipov joriy mavsum 16ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar