
"Sassuolo"ga qarshi o‘yinda Ronaldu eng yomon futbolchi sifatida e’tirof etildi
"Yuventus" Italiya A Seriyasi 33-turida "Sassuolo" bilan durang qayd etdi.
Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu La Gazzetta dello Sport nashri talqiniga ko‘ra, eng yomon futbolchi sifatida e’tirof etildi. Portugaliyalik futbolchi 10 balli tizimda 5 ballga loyiq ko‘rildi.
Ushbu o‘yinda 90 daqiqa harakat qilgan Ronaldu golli vaziyatlarda ishtirok etmadi.
Joriy mavsumda 35 yoshli futbolchi A Seriyada 29 ta uchrashuvda 28 ta gol kiritib, 5 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar