
Sane "Real"ga o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda
Mavsumlar oralig‘ida "Manchester Siti"dan ketmoqchi bo‘lib yurgan Leroy Sane faoliyatini "Real" Madridda davom ettirishni xohlamoqda. Bu haqda ispan nashrlari xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra 23 yoshli germaniyalik futbolchining agenti o‘zi “qirollik klubi”dagilar bilan bog‘langan va mijozining xizmatlarini taklif qilgan. Ushbu transfer esa 160 mln evroga baholanmoqda.
Qayd etish lozimki, Saneda shuningdek “Bavariya”dan takliflar bor, biroq u yana Germaniyaga qaytishni xohlamayapti.
Ma’lumot uchun, Sane joriy mavsum “Siti” safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol va 18ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar