
Sancho yana bir bor Bundesliga tarixiga o‘z ismini yozdirib qo‘ydi
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jeydon Sancho Bundesliga tarixida 50 ta assist amalga oshirgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 20 yoshli angliyalik futbolchi ushbu natijaga erishishi uchun Bundesligada 99 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Aytish kerakki, Sancho bundan avval Bundesligada 35 ta gol urgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etilgan edi. U joriy mavsum “Borussiya” Dortmund safida jami 30 ta o‘yinda ishtirok etdi va 11 ta gol hamda 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar