
Sanches yana jarohat oldi
Chili terma jamoasi forvardi Aleksis Sanches uchun kecha Kolumbiyaga (0:0) qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yini noxush yakunlandi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 30 yoshli “Inter” futbolchisi uchrashuvni oxirigacha yakunlay olmadi va 88-daqiqada zaxiraga olindi.
Uning jarohati haqida keyinroq ma’lum bo‘ladi. Biroq, xabarlarga qaraganda Sanches oyog‘ini cho‘zib olgan.
Ma’lumot uchun, Sanches joriy mavsum “Inter”da 4ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar