Samyuel Umtiti mashg‘ulotlarni boshladi, Nelson Samedu esa...

  • 13 fevral, 2020, 17:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya matbuoti Ispaniya chempionati 24-turi "Xetafe"ga qarshi o‘yin oldidan "Barselona" futbolchilari holati bo‘yicha xabar berib o‘tdi.

Tecno

Unga ko‘ra, frantsiyalik himoyachi Samyuel Umtiti bugundan boshlab umumiy guruhda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda, fulbek 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan bahsda "ko‘k-anor rangliklar"ga yordam berishi mumkin.

O‘z navbatida Nelson Samedu angina sabab shanba oqshomida bo‘ladigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Ayni damda futbolchi yakka tartibda shug‘ullanmoqda.

Shuningdek, Klemen Langle diskvalifikatsiya sabab "Xetafe"ga qarshi o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!