
Samvel Babayan "Dinamo"ga qarshi o‘yindan so‘ng: "Bugun kuchli jamoa g‘alaba qozondi!"
O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Navbahor" o‘yinining so‘nggi daqiqalarida gol urgan mehmonlar g‘alabani ilib ketdi. Bellashuvdan so‘ng "lochinlar" bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Chempionatimiz murosasiz kurashlarga boy o‘tmoqda. Bugun biz klassda biroz yuqoriroq harakat qildik. So‘nggi daqiqalar kuchli bosim ostida kechdi. O‘yin sifati, ijro mahorati, hujumlarni yakunlash va boshqa jihatlarda biz yaxshiroq edik. Muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun maydonda ter to‘kkan shogirdlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘ylaymanki, o‘yindan o‘yinga o‘yinimiz yaxshilanib bormoqda.
Samarqandda ekanimdan mamnunman. Bu futbol shahri va unga katta futbol qaytgani bilan barcha tomoshabinlarni qutlayman. Bu erda yaxshi jamoa yig‘ilgan. Tomonlarning turnir jadvalidagi o‘rni ham katta ahamiyat kasb etmaydi. "Dinamo" ko‘rsatayotgan futbolda murabbiyning imzosi yaqqol sezilib turibdi. Bu birinchi navbatda himoya chizig‘ida bilindi. To‘g‘ri, ba’zi futbolga oid ayyorliklar ham bo‘ldi. Ammo bu ham tajriba.
Umuman olganda, juda ko‘p vaziyatlar yaratdik. O‘yin intrigasiga ancha erta nuqta qo‘yishimiz ham mumkin edi. Biroq bu futbol. Shuni aytishim mumkinki, bugun kuchli jamoa g‘alaba qozondi!
Ashurmatov ko‘rsatayotgan o‘yindan ko‘nglim to‘q va uning uchun xursandman. U kuchli futbolchi va O‘zbekiston MTJning potentsial a’zosi hisoblanadi".
Fikrlar