
Samarqand viloyatida uyushmagan yoshlarni sportga jalb qilish va jinoyatchilikka barham berish borasida tadbir bo‘lib o‘tdi
Sharq yakkakurash va jang san’ati markazi bilan hamkorlikda viloyatlar ichki ishlar boshqarmasi hamda hukumat organlari tomonidan uyushmagan yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlarni yo‘q qilish va ularni sport bilan band qilish borasidagi o‘ziga hos ishlarni amalga oshirish, bu borada tadbirlar tashkil etish yo‘lga qo‘yiluganligi haqida xabar berib o‘tgandik va dastlab ushbu maqsadning amaliy ifodasi Farg‘ona, Namangan va Andijonda o‘tgani borasida ham ma’lumotga egasiz.
Navbatdagi tadbir Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Sharq yakkakurashlari va jang san’ati markazi nomidan doimgidek K-1 federatsiyasi rahbari Jasur Ne’matov o‘z fikrlarini, maqsad va vazifalarini batafsil Samarqand xuquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilariga va jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga bayon qilib berdi. Mehribonlik uylarini murabbiylar bilan ta’minlash borasidagi ajoyib fikrni kutilganidek barcha qo‘llab-quvvatladi.
Mazkur tadbirga bo‘lgan qiziqish yuqori darajada bo‘ldi. Sababi, mexribonlik uylari, Sharq yakkakurashlari va jang san’ati markazining Samarqand bo‘limi, BO‘SM, yakkakurash turlari federatsiyalari, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Samarqand viloyati hokimiyati, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Samarqand viloyati hokimiyati va ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishtiroki ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Bir so‘z bilan aytganda barcha bir yoqadan bosh chiqarib, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka barham berish yo‘lidagi ushbu ishlarni amalga oshirishga bel bog‘lashdi.Qolaversa, O‘zbekiston karate AKF rahbari ham so‘zga chiqib, bu boradagi muammolar dolzarbligi va bu maqsadlar ayni vaqtdagi eng yaxshi yo‘llardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Samarqand viloyatiga Zafar Husenov K-1 federatsiyasi rahbarlik lavozimiga tayinlandi.
Navbatdagi tadbir Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar