Bizga Husanov kerak!
Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich ikkinchi turida “Manchester Siti” safarda “Monako” mehmoni bo‘lib, qimmatli ikki ochkoni boy berdi.
Xosep Gvardiola shogirdlari Erling Xolandning bir juft goli evaziga hisobda oldinda borishiga qaramay, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. “Monako” futbolchilar himoya chizig‘idagi xato evaziga penalti tepish imkoniga ega bo‘ldi va bundan unumli foydalandi – 2:2.
Uchrashuvdan keyin “Manchester Siti”ning dunyo bo‘ylab yoyilgan muxlislari o‘yin borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda. Sports.uz portali bbc.com sayti keltirgan futbol ishqibozlari munosabatlari o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Gene:
Juda ko‘p qulay vaziyatlar boy berildi. Niko O'Rayli bir necha marotaba oldingi chiziqqa o‘z vaqtida pas bermadi. Jon Stounz o‘ng qanot himoyachisi emas. U himoya markazida zo‘r va mana shu pozitsiyada ko‘proq o‘ynashi kerak.
Uchrashuv natijasiga ta’sir qiladigan vaziyatlar bor. Xususan, himoyachi kuchaytirish kerak va bunda bizga faqat Abduqodir Husanov yordam bera oladi.
Alan:
“Siti” o‘z uslubida o‘ynadi. Hujumga o‘tish va darrov ortga qaytishga urindi. Futbolchilarimi xuddi mashg‘ulot o‘tkazayotgandek harakat qilishdi va umuman oddiy gollarni o‘tkazib yuborishdi.
Brian:
Ikkinchi bo‘limda “Siti”ga uchinchi gol kerakligi ochiq-oydin ko‘rinib turgandi. Lekin futbolchilar hech qanday qo‘shimcha urinishlarsiz g‘alabani ushlab qolishni o‘ylay boshladi.
Bernardu Silva nega hamon boshlang‘ich tarkibda o‘ynayotgan hammamiz uchun yangi topishmoq. “Monako” bilan o‘yinda uning foydasi tekkani yo‘q.
Silva kelajagi haqida bir qarorga kelganini aytyapti. “Siti” yanvarda uning ketishidan oz bo‘lsa-da, pul ishlab olishiga umid qilamiz.
Jonathan:
Bu uchrashuvni o‘z foydamizga hal qilishimiz kerak edi. Hakamning bahsli qarorlariga qaramay, bunaqa o‘yinlarda ko‘proq ochko olish kerak. Bo‘shashib raqibga imkon bermaslik lozim. Lekin jamoa o‘yinida ijobiy holatlar ham bor.
Steve:
Erling Xolanddan tashqari hamma bo‘sh o‘ynadi. Jamoaga shijoat, shiddat, energiya etishmadi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamadi.
Jeremi Doku to‘liq o‘yindan chiqib qoldi, Rodri avvalgi darajada emasligi yaqqol sezilyapti. Balki gap jismoniy holatdadir?
Jamoaga yangilik kiritish kerak. Abduqodir Husanov, Umar Marmush va Rayan Sherki kabi o‘yinchilarga ehtiyojimiz bor.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti”nigg eng nozik nuqtasi – o‘ng qanot himoyasini to‘rtta uchrashuvda mukammal yopib kelgan Abduqodir Husanov jarohatini davolatayotgani bois Frantsiyadagi o‘yinda ishtirok eta olmadi.
Tezkor: Husanov haqida noxush xabar!



Fikrlar