
Samarqand etakchi, Qo‘qonda ham tomoshabin kam emas yoxud Pro-liga 3-turi oldidan muxlislar tashrifi qanday?
O‘zbekiston Pro-ligasida 2-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Hozircha 2 o‘yinda 6 ochko jamg‘argan Samarqandning "Dinamo" klubi jadvalda peshqadamlik qilib turibdi. Ikkinchi o‘rinni 4 ochko to‘plagan "Sho‘rtan", "Qo‘qon-1912" va "Aral" jamoalari bo‘lishib turibdi.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Pro-ligada stadionlarimizga jami 16 336 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 1633 ni tashkil qiladi.
Ortda qolgan 2 tur davomida eng ko‘p muxlis Samarqanddagi o‘yinlarga tashrif buyurgan. Ilk turdagi "Yunired" va "Xorazm" klublari ishtirokidagi ilk bahsni 3 ming 309 kishi stadiondan tomosha qilgan. Shuningdek, 2-turda bo‘lib o‘tgan "Dinamo" hamda "Yunired" bellashuviga 3 ming 216 nafar muxlis tashrif buyurgan. Eng ko‘p muxlis kirgan navbatdagi uchrashuv Xorazmda mezbon "Xorazm" hamda Namanganning "Navbahor-Farm" klublari ishtirokida bo‘lib o‘tgan - 1 ming 853 tomoshabin.
Qayd etish lozim, eng kam muxlis tashrifi "Andijon-SGS" - "Lokomotiv" to‘qnashuvida kuzatilgan - 215 kishi.
O‘zPFL ma’lumotlari asosida Shohrux Zoirov tayyorladi.
Fikrlar