Saloh, bizga o‘tsang, Ronaldudek “soqqa” qilasan!

  • 3 noyabr, 16:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu mavsum “Liverpul”dagi ishlari ko‘ngildagidek ketmayotgan Muhammad Saloh Saudiya Arabistoni klublarining eng asosiy transfer nishoni bo‘lib qolmoqda.

Tecno

Shayxlar 33 yoshli futbolchiga yiliga taxminan 150 million funt sterling (170 million evro) atrofida maosh taklif qilmoqda. Bu haqda TBR Football nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, misrlik yulduzga  kelgusida klubdan ulush olish huquqi va klub  elchisi sifatida faoliyat yuritish imkoniyati ham taklif etilgan.

Ta’kidlanishicha, agar Saloh bu taklifni qabul qilsa, u holda “An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu darajasida daromad oladi. Ronalduning yillik maoshi taxminan 175 million funt sterlingni  (200 million evro) tashkil etadi.

Muhammad Saloh 2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsum oxirida tajribali futbolchi klub bilan amaldagi shartnomasini 2027 yilning yozigacha uzaytirdi. Transfermarkt  portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!