
Saka Anrining rekordini yangiladi!
Kecha Angliya Premer-ligasining 9-turida “Arsenal” o‘z maydonida “Liverpul” bilan (2:2) durang o‘ynadi. Uchrashuvning 9-daqiqasida “kanonirlar” qanot hujumchisi Bukayo Sakaning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Bu gol angliyalik futbolchi uchun APLdagi 50-gol bo‘ldi va bu orqali u o‘z "Arsenal" tarixiga kirdi .
Squawka nashrining xabar berishicha, Saka bu ko‘rsatkichga 23 yoshu 52 kunligida erishdi. Bukayo bu borada "Arsenal" afsonasi Terri Anrini ortda qoldirishga erishdi. Frantsiyalik futbol yulduzi "kanonirlar" safidagi dastlabki 50 ta golini 24 yoshu 128 kunligida kiritgan. Vaholanki, Saka 50 ta gol urish uchun 178 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Anri uchu 83 ta o‘yin etarli bo‘lgan.
Ta’kidlash kerakki, "Arsenal" tarixida atigi 11 nafar futbolchi APLda 50 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Per-Emerik Obameyang buni eng tez bajargan - 79 o‘yinda.
Saka Premer-liganing joriy mavsumida "Arsenal" safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar