
Rus futbolchisi ukrainalik murabbiy qo‘l ostida o‘ynashi mumkin
“Atalanta”ning rossiyalik yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk Andriy Shevchenko bosh murabbiyligidagi “Jenoa” safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning yozishicha, aynan ukrainalik mutaxassis Miranchukni asosiy transfer maqsadiga aylantirgan va uni Genuya klubi safiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi. Qayd etilishicha, transfer yaqin kunlarda amalga oshishi mumkin.
Aleksey Miranchuk joriy mavsum A Seriyada 10 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Bundan avvalroq unga Milanning “Inter” klubidan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar