
Runi: "Manchester Yunayted"da muammolar ko‘p, Evoropa ligasi finali – shunchaki yamab qo‘yish"
Angliyaning mashhur sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Manchester Yunayted"dagi ichki nomuvofiqlik va muammolar haqida gapirdi.
– Masalan, U21 jamoasi to‘rt nafar himoyachi bilan o‘ynaydi. Bu menga g‘alati tuyuladi, chunki ikkinchi jamoa futbolchilarining ko‘pchiligi asosiy tarkibga chiqib turishadi. Ular yoshlar jamoasida o‘ynashmoqda, ammo boshqa taktika bilan. Bu esa tushunarsiz holat.
Evropa ligasi finaliga chiqish – bu shunchaki devordagi yoriqni qog‘oz bilan yopishdek gap. "Yunayted"da hal qilinishi lozim bo‘lgan katta muammolar bor, – dedi Runi BBC telekanali efirida.
Fikrlar