Ro‘ziqul Berdiev "Turon" va "Andijon"ning omadsiz ishtirokiga munosabat bildirdi

  • 1 dekabr, 2021, 19:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligani ikkita xususiy klub – “Turon” bilan “Andijon” tark etgani bo‘yicha bir qator fikr va mulohazalar bildirilyapti.

Tecno

Bu borada futbol jamoatchiligi vakillarining ham munosabatlarini eshityapmiz. “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev “Turon” bilan “Andijon”ning omadsizligiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

- Bu jamoalar Superligada qolishganida yaxshi bo‘lardi. Chunki xususiy klublarga qaratilayotgan e’tiborni hisobga olish kerak.

Ammo ikkala jamoa ham murabbiy yoki o‘yinchilarni tanlashda qaerdadir xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. Chunki mavsum davomida ularda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi.

Jamoalar o‘z o‘yinini topa olmadilar yoki kerakli futbolchilarni taklif qilolmadilar. Albatta, birovlarni muhokama qilmoqchi emasman, ammo qaerdadir xatolar bo‘ldi, - dedi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
01/12/2021 19:28
Бу клубларни хатоси мураббий ёки уйинчи танлашда эмас! Клуб рахбарлари ва менежерлари танлашда хатолик булган. Яхши менежер билан тугри максад куйилиб, бу максад учун тугри режа тузилар эди. Агарда тугри ташкилотчи ишга олинса, керакли мураббийни топади, керакли уйинчини хам ёллайди. Топа олмаса, мураббий ва уйинчини узи тарбиялаб, тайёрлайди! Афсуски, бизда рахбар лавозимидаги эшаклар факат уз нафсини уйлайди, холос! Улар маъсулиятни хис килишмайди!
&
УФА ва ПФЛ учун коронавирус
01/12/2021 21:47
Kechirasizlaru, aynan hususiy jamoalarni , atayin tushirib yuborildiku. Bilinib turibdi, agar hususiy jamoa qolsa, demak boshqalar ham shunday bulishga intiladi va HOKIMIYAT harom pul yeyishdan quruq qoladi.