Ro‘ziqul Berdiev Superkubokni "Turon" stadionida o‘tishiga qanday munosabat bildirdi?

  • 1 fevral, 2022, 00:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zPFL 2022 yildagi ilk rasmiy futbol bellashuvi, O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tadigan stadion nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu yilgi Superkubok uchun bahsga Yaypanning “O‘zbekiston” stadioni mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Tecno

27 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Superkubok uchrashuvi haqida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

berdiev_5

“Superkubok uchrashuvlari bir necha yillardan buyon betaraf maydonlarda bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi Superkubok uchun bo‘lib o‘tadigan bellashuv Yaypanda bo‘lishini to‘g‘ri tanlov deb hisoblayman. Chunki oxirgi yillarda “Turon” klubi mutasaddilari futbol uchun juda katta ishlarni amalga oshirdi va ajoyib o‘yingoh barpo etildi. 27 fevral kuni Yaypanda katta futbol bayrami bo‘lib o‘tishiga ishonchim komil”, - deydi Ro‘ziqul Berdiev.

"Nasaf" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
01/02/2022 05:56
Uzi siz ancha yildan beri Uzbek fudboli qiziqarli qilib turgan kam sonli murabbiylardan berisiz. siz bor ekansiz Nasaf hali beri. charchamaydi.