Ro‘ziqul Berdiev: Raqibni xato qilishga majbur qildik

  • 12 avgust, 2019, 09:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (3:1) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Avvalambor bugungi bayram bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam uchrashuv bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limda raqib jarima maydonchasi yonida pressing qo‘llab ularni xato qilishga majbur qildik. Birinchi bo‘limda bitta gol urgan bo‘lsakda ko‘p golli vaziyatlarga ega bo‘ldik. Pressingda ko‘p kuch yo‘qotganligimiz tufayli ikkinchi bo‘limda himoyaga ko‘proq e’tibor qaratdik. “Bunyodkor”jamoasini yaxshi o‘rgangan edik va ularga erkin harakat qilishga imkon bermadik. O‘zingizga ma’lum raqibimiz to‘p bilan yaxshi harakat qiladi. Yigitlarga raqibimiz fitbolchilarini imkon boricha to‘psiz qoldirishni va ularga bosim o‘tkazishni tayinlagan edim. Futbolchilarimiz berilgan ko‘rsatmalarni bajarishdi. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlarga va muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.

- Bobir Abdixoliqov gol urishni biladi. Bugun u vaziyatdan unumli foydalandi. O‘ylaymanki uning bugungi gol unga keying o‘yinlarda ham yordam beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Holis
12/08/2019 09:18
Röziqul bobo böshashmang!
&
BBS UZB
12/08/2019 19:19
Afsus ish yuzasidan stadionga borolmadim. O'yinni tv.da 2-bo'limdan ko'rdim. Shovvozlar 2 ta golni suqib, 2-bo'limda Ro'ziqul akani taktikasi (qarshi hujum)dan chiqmasdan o'ynashdi. Bu charchoq emas-taktika deyiladi antiNASAFCHILAR. Raxmat Ro'ziqul aka, raxmat "NASAF"!
&
Nasaf_qashqadaryo
12/08/2019 12:16
Buyog'iga g'alabalar davomli bo'lishini tilab qolamiz