
Ro‘ziqul Berdiev "Qo‘qon-1912"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
"Himoyada juda qo‘pol xato qildik. Buning natijasida mag‘lubiyatga uchradik. Raqibni o‘rgangan vaqtimizda qo‘qonliklar standart vaziyatlardan unumli foydalanishlarini guvohiga aytgan edim. Futbolchilarga jarima maydonchamiz atrofida iloji boricha qoida buzmaslik lozimligini ta’kidlagan edim.
Lekin baribir men xavfsiragan narsa sodir bo‘ldi. Himoyachimiz qo‘pollik ishlatishi natijasida raqibimizda imkoniyat bo‘ldi va Holmuhammedov vaziyatdan unumli foydalandi. Tan olishimiz lozim hujum chizig‘imizda ham muammolar kuzatildi. Hujumchilarimizda yaqqol golli vaziyatlar bo‘lmadi", - dedi Berdiev.
Fikrlar