
Ro‘ziqul Berdiev: "Navbahor"dan aynan shunday o‘yin kutgan edik
Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Nasaf” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“3 oylik tanaffusdan so‘ng bugun har ikkala jamoa ham shiddatkor, mazmunli o‘yin ko‘rsatdi. “Navbahor” qarshi hujumda o‘ynashini kutgan edik.Shunga qaramasdan, e’tiborni yo‘qotdik va ikkita to‘p o‘tkazib yubordik. Jamoa oxiriga qadar kurashdi. Jismoniy, taktik jihatdan raqibdan ustunlik qildik. Jadvalda birinchi tursangiz, albatta bu narsa sizni xursand qiladi. Ushbu o‘rindan muqim joy olishga harakat qilamiz
Amalga oshirgan o‘zgarishlar o‘zini oqladimi? Menimcha, oqladi. Murod Xo‘jamberdiev va Xusayn Norchaev bugun debyut uchrashuvlarini o‘tkazdi. O‘yinni kuchaytirishimiz kerak edi va shu bois tavakkalga qo‘l urib, Dilaver Xarisni ham maydonga tushirdim.
Xaris faoliyati davomida ko‘proq o‘z vatanida to‘p surgan va legioner sifatidagi faoliyati u qadar ko‘p emas. Stanoevichda esa buning teskarisi. U ham xali o‘z so‘zini aytadi. Kechagi mashg‘ulotlarda kichik jarohat olgan edi, shunday bo‘lsada, bugun jamoamizga yordam berdi", - dedi Berdiev.
Fikrlar