Ro‘ziqul Berdiev: Natijadan ranjidim

  • 9 mart, 2019, 23:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Hisobda oldinda bora turib, yakunda durang o‘ynash jamoamizga xos emas. Shu sabab qayd etilgan natija bizni biroz ranjitdi. “Dinamo” jamoasi safida ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynaydigan futbolchilar ko‘p ekanini bilar edik. Lekin himoyachilarimiz baribir biroz beparvo bo‘lishdi va gol o‘tkazib yubordik.

Tecno

O‘yin so‘nggiga qadar yana gol kiritishga urindik, biroq yakuniy nuqtani qo‘yishni uddalay olmadik. “Dinamo” jamoasi ancha kuchli ishtiyoq bilan to‘p surdi. Ular hisobga mos o‘yin namoyish etishdi, haqli ravishda ochko qo‘lga kiritishdi", - deb Berdievning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!