
Ro‘ziqul Berdiev ertangi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Bugun Abu Dabidagi “Baniyas” o‘yingohida ertangi bellashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi.
Dastlab ertangi bellashuv haqida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
- “Assalomu alaykum barchaga. Avvalambor bizni iliq kutib olishgani uchun “Baniyas” jamoasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ertangi bellashuv haqida gapiradigan bo‘lsam, jamoalar kerakli natija uchun kurashadi. “Baniyas” jamoasini o‘rganganimizda shunga amin bo‘ldiki, jamoa jiddiy va yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega.
- “Baniyas” jamoasi ishtirokidagi bir nechta o‘yinlarni ko‘rib chiqdik. Ularni o‘yin uslubi bizga yoqdi. Lekin “Nasaf” ko‘rsatayotgan futbol ham ko‘plab muxlislarga yoqadi. Ertangi bellashuvda kerakli natijani qo‘lga kiritish uchun sifatli bellashuv guvohi bo‘lamiz. Ertangi bahsda biz musobaqani guruh bosqichi davom ettirish ishtiyoqida maydonga tushamiz.
- “Baniyas” jamoasi haqida nimalarni bilasiz? Ertangi bellashuvda qaysi futbolchilar maydonga tusha olmaydi?
- “Baniyas” jamoasining oxirgi bellashuvlarini biz ko‘rdik. Ular yaxshi natijaga erishishmoqda. Ular o‘tgan mavsumda o‘z chempionatining ikkinchi o‘rinini qo‘lga kiritib, OChL pley-off bosqichiga yo‘llanmaga ega chiqishgan. Umuman olganda jamoaning o‘yini ham maydondagi futbolchilarning o‘yin sifati ham yaxshi.
- Bizga ertangi o‘yinda faqat G‘olib G‘aybullaev yordam bera olmaydi. Qolgan futbolchilarning barchasi ertangi bellashuvga tayyor.
"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati
Fikrlar