Ro‘ziqul Berdiev: "Chempionlik haqida gapirishga hali erta, Lima bugun juda ham muhim golni kiritdi"

  • 19 oktabr, 2022, 21:01
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Bellashuvdan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdievning fikrlari bilan tanishib chiqing: 

"Tabrik uchun rahmat! Bugungi raqibimiz juda ham tajribali va kuchli edi. Qolaversa, biz ularning maydonida harakat qildik. Biz uchun o‘ta muhim bahs edi.

G‘alaba zarurligini futbolchilar yaxshi tushungan holda, maydonga tushishdi. Albatta, asabiy uchrashuv bo‘ldi. Biroq asosiysi, natija uchun borimizni berdik.

O‘yinga keladigan bo‘lsak, raqibimiz ko‘proq himoyalandi. Legioner futbolchisi bilan qarshi hujumga o‘tishga harakat qildi. Lekin himoyachilarimiz uni to‘xtata olishdi.

Faqat bir vaziyatda u yakkama-yakka holatga chiqib ketdi va darvozabonimiz xavfni bartaraf etdi. O‘sha holat golga aylanganda, bahs yanada qiyin bo‘lardi biz uchun. 

Ikkinchi bo‘limda to‘liq hujumga e’tibor qaratdik. Sababi, bizga g‘alaba muhim edi. O‘ylashimcha, kuchli raqib maydonida o‘ta kerakli 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. 

- Bugun Lima Kruz chempionlik golini urdi, deya olasizmi? 

- Chempionlik haqida gapirishga hali erta. Hali qiyin bellashuvlarimiz bor. Aytish kerakki, Lima bugun juda ham muhim golni kiritdi. U oxirgi o‘yinlarda jamoaga katta yordam bermoqda. Futbolchimiz raqiblarga bosim o‘tkazmoqda, hujumda faol harakat qilyapti. U bugun katta ishni bajarib berdi.

- Oxirgi o‘yinlarda Eshmurodovni "libero" (erkin himoyachi) sifatida o‘ynatib kelayotgan edingiz. Nima uchun bu safar G‘aybullaevni sinab ko‘rdingiz? 

- E’tibor bersangiz, oldingi uchrashuvlarimizda Davronov, G‘aybullaev va Aliqulov uchlik sifatida harakat qilayotgandi. Umar oldinroqda to‘p tepayotgandi. Alibek (Davronov) ning yo‘qligi sabab Eshmurodovni orqaga qaytarib, Aliqulov, Eshmurodov va G‘aybullaev bilan uch himoyachi bo‘lib harakat qildik. 

Oxirgi vaziyatlarda o‘yin shuni taqozo etdi. Ya’ni, Eshmurodov oldinroqqa o‘tishga majbur bo‘ldi. Unda hujumni boshlab berish qobiliyati bor. Ba’zida undan hujumlarga qo‘shilishni talab qilamiz", - dedi qarshiliklar bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/10/2022 21:11
Marko Faziyatka. sahal bulsa ham sudiyala uzini uyidakilari qarindosh urugini oldiga qanday yoz bilan borarkan. penalti yuqki u faziyatka. tup markoga. turgan bulsa. keyin himoyachi uzi borib. uraptiki quliga. sharmanda Aziz Asimov. butun halq gargishi qolding yana bir bor.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/10/2022 21:08
Aziz Asimov endi. nima qilarkan. VAR utirib. 1 taym nagli penaltini bermadi. bulmasa uyinchi ongli ravishka tashlanapti. hech kim turtkani yoki hujimchi bilan kantak yuq. nagli quli bilan qaytarapti penalti bermadi. Nasaf darvozasiga ham penalti bergan faziyatka. tup markoga ediku. agar tupka kurashka. qupollik qilib tupni olib quyganiga ham boshqa gap edi. ochiqcha pazor. Aziz Asimov.
Хужакулов Хуршидбек
19/10/2022 21:58
Азиз Асимов малдес пазор
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/10/2022 21:26
Bugun. Pahtakor muhlislari ham. Nasafka muhlislik qilishibti oshka utirib Nasafka balet qilishipti. qarang Nasaf qanday muhlislarni uziga jalb qilapti. HALQ jamoasi.
Akram Haedarov
19/10/2022 21:17
Ro'zi aka ohirigacha shunday bo'lsin rahmat sizga ishonamiz sizga. Aka biz chempion bo'lamiz deb aytish shart emas.
&
Турсунов Рамазон
19/10/2022 21:15
Рахмат Рузикул бизни хурсан килдинг чемпиенлик сари олга биз сен билан фахирланамиз.Азим деган валломатка курсатиб куй.Насаф чемпиён олга.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/10/2022 21:11
uzi. Sudiyalarni suroq qiladigan yuqmi deyman. Ravshan Ermatov. uzi fazifasi nima