
Rossiyada ikki yakkakurashchimiz kuch sinashdi
Rossiyaning Murmansk shahrida aralash yakkakurashlar jang san’atlari bo‘yicha “Ledokol fighting championship” turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqaga Rossiya, Braziliya, O‘zbekiston va boshqa davlatlardan mohir yakkakurashchilar ringga chiqishdi.
Turnirning 61,2 kg vazn toifasida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi Nurmat Ismoilov hamda Avliyoxon Hamidov o‘zaro to‘qnash kelishdi. Ushbu to‘qnashuvda ochkolar bo‘yicha hamidov zafar quchdi.
Nurmat Ismoilov – boks va kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston viloyatlari va shaharlar birinchiliklari g‘olibi. Jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston hamda qo‘l jangi bo‘yicha Murmansk va Kola viloyatlari sovrindori.
Avliyohon Hamidov - jangovar sambo ustasi, o‘smirlar o‘rtasida jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, MMA bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni. KRF turnirida muddatidan oldin g‘olib chiqqan. Xalqaro sport ustasi Jahongir Qoraboev shogirdi.
Fikrlar