Rossiya terma jamoasi a’zosi: O‘zbekiston ham, Tojikiston ham Osiyoning etakchilaridan hisoblanadi

  • 15 noyabr, 2022, 01:21
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” himoyachisi Ruslan Litvinov Rossiya terma jamoasining O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalarga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yinlari oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Eng asosiy vazifa - g‘alaba qozonish. Oldinda bizni ikkita muhim o‘yin kutib turibdi, biz avvalgi holatimizga qaytishga harakat qilyapmiz. Tarkibda ko‘plab yangi futbolchilar bor, shu bois, biz ko‘nikishimiz, bir birimizga moslashishimiz zarur. Yig‘in davomida boshqa klublarning futbolchilari bilan yaqinroq tanishishga muvaffaq bo‘ldim. Masalan, Daniil Fomin bilan suhbatlashdik.

Asosiysi jamoa o‘ynashi degan fikrlarga qo‘shilaman. Har ikki raqiqibiz ham o‘z qit’asining etakchilari qatoridan joy olgan. Umid qilamanki, ajoyib o‘yin bo‘ladi”, - dedi Litvinov.

Shuningdek, u muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi haqida gapirdi:

"Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda Tojikiston va O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda bizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga kelishlarini yozishmoqda", - deya qo‘shimcha qildi himoyachi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya terma jamoasi 17 noyabr kuni Dushanbeda Tojikiston terma jamoasi bilan o‘ynasa, 20 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!