
Rossiya kubogi. TsSKA "Rostov" bilan durang o‘ynadi. Fayzullaevdan assist!
Rossiya kubogi 1/4 final bosqichi doirasidagi "Rostov" va TsSKA jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
"Armiyachilar" tarkibida harakat qilayotgan legionerimiz Abbosbek Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushib, o‘z nomiga bitta assist yozdirib qo‘ydi. Vakilimi 78-daqiqada zaxiraga olindi. Bir kishi kam bo‘lib qolgan TsSKA Abbosbek o‘rniga himoyachini maydonga tashladi.
Fikrlar