
Ronalduning ustozi o‘zbek futboli bilan qiziqdi
O‘zbek futboli va milliy terma jamoamiz jahon futboli jamoatchiligida ham asta-sekin qiziqish uyg‘otmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Bunga quyidagi misolni keltirish kifoya.
Futbol yulduzi - Krishtianu Ronalduning ustozi, Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush yaqinda o‘zbek futboli hamda terma jamoamiz haqida so‘rab surishtirdi.
Qanday deysizmi? Santush terma jamoamizda ishlagan sobiq murabbiy bilan bu borada gaplashgani ma’lum bo‘ldi. Buni aynan Portugaliya termasini boshqarayotgan mutaxassis bilan suhbatda bo‘lgan murabbiy sports.uz muxbiriga ma’lum qildi.
Tez orada saytimiz orqali batafsil tanishib olishingiz mumkin. Sports.uzni kuzatishda davom eting.
Fikrlar