
Ronalduning ustozi iste’foga chiqarilmaydigan bo‘ldi
Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Portugaliya - Serbiya uchrashuvida mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Ushbu mag‘lubiyat natijasida portugallar Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundialda ishtirok etish masalasini murakkablashtirib yubordi. Endi ular pley-off orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘l olishga harakat qilib ko‘radi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Portugaliya futbol federatsiyasi mazkur o‘yinlarda ham amaldagi bosh murabbiy Fernandu Santushga ishonch bildiradi. 67 yoshli mutaxassis jamoani JChga olib chiqa olmasa, o‘z vazifasidan ozod etiladi.
Santush portugaliyaliklarni 2014 yildan beri boshqarib keladi. Bu vaqt oralig‘ida u 2016 yilgi Evropa chempionati va 2019 yilgi UEFA Millatlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar