
Ronalduning sayohati hali tugamadi!
Saudiya chempionati 16-turidan o‘rin olgan "An-Nasr" - "Ar-Riyod" o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alabasi qozondi. Ronaldu ushbu bellashuvda gollaridan biriga mualliflik qildi va yana bir golga hammualliflik qildi. 38 yoshli futbolchi uchrashuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarida post qoldirdi. Bu o‘yin uning faoliyatidagi 1200-uchrashuv bo‘ldi.
"Navbatdagi uch ochko. Bu darajaga etishimga yordam bergan jamoadoshlarimga rahmat. Ajoyib sayohat, lekin biz hali tugatmadik”, - deb yozdi portugaliyalik forvard.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Krishtianu 15 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar