
Ronalduning goli bekor qilingan uchrashuvda "Yuventus" "Inter"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Italiya chempionati 7-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Yuventus" uchrashuvi yakunlandi. Turning markaziy qarama-qarshiligi ancha murosasiz ruhda kechdi.
Dastlab Paulo Dibala hisobni ochdi. Keyin esa milanliklar vakili Lautaro Martines penaltidan gol urib, muvozanatni tikladi.
Keyinroq Krishtianu Ronaldu darvozani ishg‘ol etgandi. Biroq hakamlar gol o‘yindan tashqari holatda urildi deb topishdi.
80-daqiqada Gonsalo Iguain jarima maydoni ichidan darvozani ishg‘ol etib, turinliklarning g‘alabasini ta’minladi.
"Inter" - "Yuventus" 1:2
Gollar: Dibala 4, Martines penalti 18, Iguain 80
"Inter": Xandanovich, D`Ambrozio, Shkrinyar, de Vrey, Asamoa, Barella, Brozovich, Sensi (Vesino, 34), Godin (Bastoni, 54), Lukaku, Martines (Politano, 78).
"Yuventus": Shchensny, Bonuchchi, Aleks Sandro, de Ligt, Matyuidi, Kuadrado, Pyanich, Xedira (Bentankur, 62), Bernardeski (Iguain, 62), Dibala (Jan, 71), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (13), Jan (84), Pyanich (85), Vesino (88), Barella (90).
Fikrlar