
Ronalduning dubli MYuga g‘alaba taqdim etdi
APL 14-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Arsenal" uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu bahsda maydon egalari 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Qizil iblislar" safida Ronaldu dubl qayd etdi. Shuningdek, Bruno ham bir marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi. London klubi tarkibida Smit-Rou va Edegor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu natijadan so‘ng mankunialiklar ochkolari sonini 21 taga etkazib olgan holda, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 23 ochkoga ega "kanonirlar" esa 5-pog‘onani band etgan.
Fikrlar