Ronalduni xotini himoya qildi

  • 11 dekabr, 2022, 10:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodriges terma jamoa bosh murabbiyi Fernandu Santushni JCh-2022 chorak finalida Marokashga qarshi bahsda turmush o‘rtog‘ini zaxirada qoldirganini tanqid qildi.

Tecno

“Murabbiy bugun noto‘g‘ri qaror qabul qildi. Lekin u hamisha Krishtianuga qoyil qolgan. U Ronaldu chiqqanida o‘yin qanday o‘zgarganini ko‘rdi, lekin allaqachon kech bo‘lib bo‘lgan edi. Dunyoning eng yaxshi futbolchisini bunday baholab bo‘lmaydi. Bu eng kuchli qurol. Hayot bizga saboq beradi. Bu safar yutqazmadik, o‘rgandik. Biz sizni hali qoyil qoldiramiz”, - deb yozgan Rodriges ijtimoiy tarmoqdagi sahifsida.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi kecha JCh-2022 chorak finalida Marokashga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ronaldu esa ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!