Ronaldu “Yunayted”ga o‘tgani uchun “Chelsi” orzusidan ayrilib qoldi

  • 11 oktabr, 2021, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” anchadan beri “Yuventus”dan Federiko Kezani transfer qilmoqchi edi. Londonliklar Krishtianu Ronaldu tufayli o‘z orzusidan ayrildi.

Tecno

Ma’lumki, yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida portugaliyalik yulduz Turinni tark etib, “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tdi.

Asosiy to‘purarini yo‘qotgandan keyin “Yuventus” rahbariyati Federiko Kezani daxlsiz futbolchilar ro‘yxatiga kiritdi va italiyalik hujumkor o‘yinchi transferi bo‘yicha har qanday taklifga rad javobini beradigan bo‘ldi.

“Chelsi” esa yozda Kezani olishga yana bir bor urinib ko‘radi. Chunki, “aristokratlar” daxlsiz hisoblangan Romelu Lukaku va Kay Xavertsning transferlarini uddalay olgani bois, bu gal ham maqsadiga etishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!