
Ronaldu yana bitta gol ursa nima bo‘lishini bilasizmi?
Krishtianu Ronaldu A Seriyaning navbatdagi turida “Sassuolo” darvozasini ishg‘ol qilganidan keyin professional faoliyatida urgan gollari sonini 759 taga etkazib oldi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha 65 yildan beri saqlanib kelayotgan rekordni takrorladi. Ronalduga bu natijaga erishish uchun 1037 ta uchrashuv kerak bo‘ldi.
Avvalgi rekord natijani 1931-1955 yillarda to‘p tepgan chexiyalik hujumchi Yozef Bitsan qayd etgan bo‘lib, faoliyati davomda 759 ta gol urgan. Endi Krishtianu Ronaldu yana bitta aniq zarba bilan yangilanishi qiyin bo‘lgan tarixiy rekord – dunyoda rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanadi.
Yaqinda portugaliyalik hujumchi 817 ta uchrashuvda 757 ta gol urgan futbol qiroli Peledan o‘zib ketgan edi.
Fikrlar