
Ronaldu uchun kutilganidan ancha yomon ko‘rsatkich (Statistika)
Krishtianu Ronaldu va Portugaliya terma jamoasi uchun Qatarda davom etayotgan jahon chempionati yakunlandi. Evropa vakili chorak final doirasidagi uchrashuvda Marokashga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.
Krishtianu mazkur mundialda jami 5 ta uchrashuv o‘tkazdi. Shularning 3 tasida u asosiy tarkibda maydonga tushgan, 2 bora esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan.
37 yoshli forvardning statistikasi ham u qadar yaxshi emas. Uning Ganaga qarshi uchrashuvda penaltidan urgan goli ushbu turnirda yagonaligini saqlab qoldi.
Fikrlar