
Ronaldu superyulduz bilan o‘ynaydi
“Yuventus” rahbariyati “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogbani qishki transferlar mavsumida olish bo‘yicha inglizlarga maxsus taklif tayyorlayapti.
Frantsiyalik yarim himoyachiga PSJ va “Real”ning qiziqishi ortib borayotganini inobatga olgan turinliklar uning shartnomasini tezroq sotib olishga qaror qilgan. Qolaversa, manchesterliklarning katta maosh oladigan futbolchidan tezroq qutilish maqsadida uning transferini arzonlashtirib, 50 million funtga baholagani ham “Yuventus”ga qo‘l kelishi mumkin.
“Yuventus” Pogbani olish uchun o‘z futbolchilaridan birini transferga qo‘shishga tayyor. Chunki “Manchester Yunayted” anchadan beri Paulo Dibalaga ko‘z tikmoqda. Argentinalik hujumchining o‘zi ham u so‘rayotgan maosh berishdan bosh tortgan “Yuve”dan ketish payida yuribdi.
Fikrlar