Ronaldu “Real”ga o‘tgan Mbappega nimalar dedi?

  • 4 iyun, 2024, 19:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real”ga o‘tgan frantsiyalik hujumchi  Kilian Mbappega murojaat qildi.

Tecno

- “Santyago Bernabeu”da porlayotganingni ko‘rishdan xursand bo‘laman. Olg‘a, Madrid, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.

3 iyul kuni “Qirollik klubi” Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar besh yillik shartnoma tuzgan va unga ko‘ra, 25 yoshli hujumchi har mavsum uchun 15 million evrodan maosh oladi. Bundan tashqari, Mbappega 150 million evro bonus sifatida taqdim etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!