Ronaldu "qora an’ana"siga nuqta qo‘ya olmadi

  • 10 dekabr, 2022, 22:36
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya Marokashga qarshi chorak final o‘yinida mag‘lub bo‘lib, chempionatdagi yurishini to‘xtatdi. Santush Ronalduni zaxirada qoldirib, 51-daqiqada maydonga tushirdi.

Krishtianuning bu o‘yinda gol kirita olmagani uni "qora an’ana"si davom etishini bildiradi. Hujumchi mundialning pley-off o‘yinlarida biror marta ham gol ura olmagan. U pley-off bosqichlarida 570 daqiqa o‘tkazgan va raqiblar darvozasiga 27 ta zarba yo‘llagan.

Tecno

Ronalduning jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi 4-o‘rin hisoblanadi. U va jamoasi 2006 yilgi mundialning yarim finalida Frantsiyaga mag‘lub bo‘lib, 3-o‘rin uchun kurashda Germaniyaga engilgan. Oxir-oqibat, chempionatda 4-pog‘onani olgan.

Ushbu mundial Ronaldu uchun so‘ngisi edi. U Portugaliya chempion bo‘lsa, faoliyatini tugatishini aytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!