Ronaldu qishda "Napoli"ga o‘tadi (mi?)

  • 27 oktabr, 2022, 22:00
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronaldu qishki transferlar oynasida Italiya A Seriyasiga qaytishi haqida xabarlar chiqa boshladi. Xo‘sh, bu qanchalik haqiqatga yaqin? Shu borasida ozroq fikr yuritishga qaror qildik.

Tecno

"Napoli" uchun befoyda xarid

Ha, qanchalik g‘alati eshitilmasin, hozir ko‘pchilikda shunday variant mavjud. Krishtianuning avvalgi tezligining qolmagani, pressinglarda faol ishtirok eta olmasligi va jamoaviy futboldan tushib qolishi mana shu kabi farazlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Ayni paytda "Napoli" juda ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Klub Evrofutbolda eng namunali harakat qilayotgan 3 jamoadan biri. Ligada peshqadamlik qilmoqda, EChLda 100 foiz natija qayd etib, guruhdan chiqish masalasini hal qilib bo‘lgan. Ko‘rib turganingizdek, neapolliklar avjiga chiqqan hozir.

Shunga qaramay, klub baribir Krishtianuning maoshlarini qoplab berishni istamasligi haqiqatga yaqin. Jamoa azaldan yuqori summa talab qiladigan transferlarga ijobiy qarab kelmagan. Futbolchining maoshi kamayishiga rozi bo‘lishi esa ishonish qiyin bo‘lgan holat, bizningcha.

kr7nap

Ronaldu uchun naf keltiradimi?

Qiziq savol. Javob esa ijobiy. Sababi, "Roni" hozir asosiy tarkibda maydonga tushishga, gol urishga muhtoj. U zaxiradan tushib, vaziyatni o‘zgartirishga odatlanmagan. Portugal doim asosiy planda, etakchi rolida bo‘lishi kerak. U jamoaga kuch berib turadigan qo‘shimcha "vint" emas, "motor"ning o‘zginasi. Ten Xag "motor" endi eskirganini hammaga isbotlab qo‘ymoqchi va buni deyarli uddaladi ham.

Krishtianu hamon yuqori darajada ekanini ko‘rsatish uchun imkon berilishini kutishga majbur yoki boshqa joyda o‘sha imkonni qo‘lga kiritishi lozim. Kutish afsonaga ma’qul kelavermasligini hisobga olsak, u nisbatan kuchsizroq ligada o‘zini sinab ko‘rgani yaxshiroq variant.

roni

MYuga ushbu transfer endi faqat foyda keltiradi

Afsuski, siz to‘g‘ri o‘qidingiz. Ronalduning ketishi "qizil iblislar" uchun faqat "plyus" bo‘ladi. Sekin-astalik bilan bosh murabbiy jamoani shunga ruhan tayyorlab bormoqda. "Yunayted" muxlislari yulduzisiz klubini ko‘rishga tobora o‘rganib qoldi. Uning faqat nomigina ishqibozlar uchun yupanch bo‘lib turibdi. Amalda zaxirada qolib ketayotgan, turli o‘ziga yarashmagan qiliqlar ko‘rsatayotgan TOP darajadagi hujumchining Manchesterni tark etishi jamoa uchun ulkan fojia bo‘lmaydi.

Yuqori maosh, ichki muhitga o‘ta kuchli ta’siri, yuqori harakatdagi futbolga to‘la mos kelmasligi kabi omillar ketish uchun yaxshigina sabab bo‘la oladi.

cr7napoli

Krishtianuga nisbatan hech qanday g‘araz yoki "heyter"ligimiz yo‘q. Shunchaki tan olib aytadigan bo‘lsak, MYuda megayulduz avvalgi darajasidan tushib borayotgani ko‘rinib qolmoqda. U yana pog‘onalardan pog‘onalarga ko‘tarila oladigan futbolchi, faqat imkon berilsa bo‘lgani. Biz GOATning futboldagi afsonaviy hikoyasi chiroyli yakun topishini istaymiz. Shunga tayyor turishimiz va buni to‘g‘ri qabul qilishimiz shart. Zero, har qanday ibtidoning o‘z intihosi bor.

 

Shohrux Zoirov maqolasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/10/2022 22:58
krish. hammasini ongli ravishla qilapti. kurasizla. Jahon chempionatini yonderadi javob. bu bola. tualetka ham reja buyicha keradi. fudbolki fudbol. uzini. sogligi ham biladi.