Ronaldu qachongacha to‘p tepishini aytdi

  • 10 oktabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr”ning 38 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu hali professional faoliyatini yakunlamoqchi emas.

Tecno

Evropa yulduzlariga Saudiya Arabistoniga yo‘l ochib bergan portugaliyalik yulduz klubi bilan shartnomani 2027 yilning oxirigacha uzaytirmoqchi.

O‘tgan yili Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan yuzaga kelgan mojaro tufayli shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan edi. Kutilmaganda, Krishtianu joriy yilning 2 yanvarida  “An-Nasr” bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 2024-2025 yilgi mavsumning oxirigacha tuzilgan.

Report nashrining yozishicha, mohir to‘purar 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashmoqchi. Shu bois, klub bilan yangi kelishuv tuzish istagini bildiryapti.

Navbatdagi jahon chempionatiga uch mamlakat – AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!