
Ronaldu Pelening afsonaviy rekordini yangiladi!
Biroz oldin A Seriya 15-turi doirasida "Yuventus" - "Udineze" bellashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Turinliklar yulduzi Krishtianu Ronaldu dublni rasmiylashtirib, jamoasi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Ronalduning 70-daqiqada kiritgan ikkinchi goli portugaliyalikning barcha rasmiy uchrashuvlardagi 758-goli sifatida qayd etildi. 5 karra "Oltin to‘p" sohibi bu ko‘rsatkich bo‘yicha Pelening afsonaviy rekordini yangiladi.
"Futbol qiroli" hisobida barcha rasmiy o‘yinlarda kiritilgan 757 ta gol mavjud va bu natija endi rekord hisoblanmaydi. Shuningdek, Ronalduda o‘z ko‘rsatkigini yanada yaxshilab olish imkoniyati bor. 35 yoshli hujumchi hamon yuqori darajada harakat qilmoqda.
Fikrlar