
Ronaldu o‘z faoliyatiga o‘zi baho berdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2021 yil o‘zi uchun qanday bo‘lganiga baho berdi.
- 2021 yil yakunlandi, men barcha turnirlarda 47 ta gol urganimga qaramay, ancha qiyin yil bo‘ldi. Ikkita klub, beshta murabbiy. Terma jamoa bilan Evropa chempionatining final bosqichi, 2022 yilgi jahln chempionatining saralash turniri. Men “Yuventus” safida Italiya kubogi va Superkubogida g‘olib chiqqanimdan va A Seriya to‘purari bo‘lganimdan faxrlanaman.
Evropa chempionatining to‘purarligi yuqori natija bo‘ldi. Albatta, “Old Trafford”ga qaytishim faoliyatimdagi eng yorqin lahzalardan bo‘lib qoladi, - dedi Korishtianu Ronaldu.
Ronaldu 2021 yilda terma jamoada, rasmiy uchrashuvlarda va Chempionlar ligasida gol urish bo‘yicha jahon rekordlarini yangiladi.
Fikrlar