
Ronaldu maydonga tushdiyu, rekord o‘rnatdi!
“Evro-2020” turnirining birinchi turida Portugaliya terma jamoasi safida Vengriyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan Krishtianu Ronaldu beshta Evropa chempionatida o‘ynagan yagona futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.
Ronaldu ilk bor 2004 yilgi qit’a chempionatida ishtirok etgan edi va shundan buyon bu turnirni o‘tkazib yubormayapti. 2016 yili Ronaldu etakchiligidagi portugaliyaliklar bosh sovrin sohibi bo‘lgan edi.
Bundan tashqari, Ronaldu evropalik futbolchilar orasida milliy terma jamoa o‘yinlarida eng ko‘p gol urgan to‘purar hisoblanadi.
Fikrlar