
Ronaldu maydonga qadam bosishi bilan katta rekordni takrorladi
Krishtianu Ronaldu Qatardagi jahon chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan Marokashga qarshi uchrashuvning 51-daqiqasida maydonga tushdi.
Shu tariqa, 37 yoshli hujumchi terma jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordni takrorladi. Marokash bilan bo‘lgan uchrashuv Ronaldu faoliyatidagi 196-o‘yin bo‘ldi.
Bu natija bo‘yicha portugaliyalik yulduz Kuvayt terma jamoasi o‘yinchisi Badir Al-Mutavaning rekordini takrorladi.
Mutlaq rekordchiga aylanish uchun Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida yana bitta o‘yin o‘tkazishi talab etiladi.
Fikrlar