
Ronaldu “Manchester Yunayted” rahbariyatini hayratda qoldirdi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”dan o‘zining transferi haqida qilgan iltimosi “qizil iblislar” rahbariyatini hayratda qoldirdi. Mankunianliklar futbolchi yangi mavsum ham jamoada qolishlariga amin edi va shuning uchun uning o‘rniga boshqa forvard sotib olishga harakat qilmadi.
Jurnalist Lori Uitvellning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda "Liverpul" bilan shartnoma imzolagan "Benfika"ning sobiq hujumchisi Darvin Nunes "Old Trafford" egalarining qiziqishlari doirasida bo‘lgan. Agar, “Manchester Yunayted” Ronalduning niyatidan avvalroq xabar topganida, mersisaydliklar bilan urugvaylik borasida kurash olib borishi mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, Nunes "Liverpul"ga 75 million evro evaziga o‘tdi. Hujumchi klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar