Ronaldu Madridga keldi va Peres bilan bir marosimda ishtirok etdi

  • 29 iyul, 2019, 22:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaga uchib keldi.

Tecno

Gap shundaki, 34 yoshli portugaliyalik futbolchi Marca nashri tomonidan “Afsona” mukofotiga sazovor bo‘ldi. E’tiborlisi, ushbu tantanali marosiimda “Real” prezidenti Florentino Peres ham ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu sovrin Ronalduning faoliyati davomida futbolda ko‘rsatgan buyuk natijalari belgisi sifatida taqdim etildi.

Bu mukofot 1997 yildan buyon tassis etib kelinadi. Bungacha ushbu mukofotga Lionel Messi, Diego Maradona, Maykl Felps, Mixael Shumaxer va Maykl Jordan kabi mashhur sportchilar sazovor bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!