Ronaldu ketaver, sendan zo‘rini topib qo‘ydik!

  • 4 iyul, 2022, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” rahbariyatiga jamoadan ketishini ro‘kach qilib, turli talablar qo‘ymoqda.

Tecno

Jamoaning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag portugaliyalik to‘purar o‘rniga boshqa hujumchi topib qo‘yganini ma’lum qildi.

Manbalarning ta’kidlashicha, agar Ronaldu boshqa klubga o‘tadigan bo‘lsa, Erik ten Xag o‘zi bilan “Ayaks”da birga ishlagan iste’dodli hujumchi Antonini olib keladi.

Agar ishlar shu yo‘sinda davom etsa, klub Ronalduning o‘rnini bosadigan 22 yoshli braziliyalik hujumchini qo‘lga kiritish uchun 70 million funt to‘lashga majbur bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!