
Ronaldu ishtirokidagi tanishtiruv marosimiga qancha inson tashrif buyurganini bilasizmi?
Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Portugaliyalik hujumchi "Al-Nassr" jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Kecha Ar-Riyod shahridagi "Mrsool Park" o‘yingohida Ronaldu ishtirokida tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi, arenaga 30 mingga yaqin inson tashrif buyurdi. Bu rekord natija hisoblanadi. Shu paytgacha riyodliklarning biror o‘yiniga buncha muxlis kelmagandi. Stadion sig‘imi ham 25 mingga teng.
"Nassr" navbatdagi uy bellashuvini ertaga, "Al-Tai" klubiga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar