
"Ronaldu hamon "gol mashinasi" bo‘lib qolmoqda" - Akanji
Shveytsariya terma jamoasi himoyachisi Manuel Akanji Jahon chempionati nimchorak finalidan o‘rin olgan Portugaliyaga qarshi bahs oldidan Ronaldu haqida gapirdi.
"Uning yoshi o‘tib borayotganiga qaramay, "gol mashinasi" bo‘lib qolmoqda. Krishtianuga jarima maydoni ichida bo‘sh hudud qoldirib bo‘lmaydi. Maydonning har bir qarichida unga yaqinroq harakat qilish kerak",-dedi himoyachi.
37 yoshli Ronaldu mundial guruh bosqichida 3 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Portugaliya - Shveytsariya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 6-dan 7 dekabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar